HAKAMLIK MUHOKAMASIDA DAʼVONI
TAʼMINLASH TARTIBI
Xakberdiyev Abdumurad Abdusaidovich
Toshkent davlat yuridik universiteti
yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.,
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Hakamlik sudlari, bizning nazarimizda, fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biridir. Kuchli fuqarolik jamiyatisiz zamonaviy huquqiy davlatning mavjudligi va faoliyat yuritishi mumkin emas. Rivojlangan Gʻarb davlatlarining tajribasi shuni koʻrsatadiki, fuqarolar va tadbirkorlar hakamlik sudlariga juda ijobiy munosabatda boʻlishadi, chunki hakamlik jarayonlari fuqarolik va iqtisodiy faoliyatdagi nizo hamda boshqa muammolarni tez va samarali hal qilish uchun yaratilgan. Binobarin, ayni damda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida hakamlik sudi institutini keng rivojlantirish nihoyatda zarurdir. Taʼkidlash joizki, bugungi kunda vakolatli sudlardan tashqari nizolarni muqobil tartibda hal qilishda hakamlik sudlari tomonidan ham fuqarolik va iqtisodiy nizolar boʻyicha bir qancha ishlar koʻrib chiqilishida turli muammolar uchrab turibdi. Mazkur maqolada hakamlik muhokamasida daʼvoni taʼminlash tartibi masalasi xorijiy tajribani tahlil qilgan holda oʻrganib chiqilgan. Shuningdek, daʼvoni taʼminlashda hakamlik sudining vakolatli (davlat) sudlar bilan oʻzaro munosabati, daʼvoni taʼminlash tartibi va kamchiliklari oʻrganib chiqildi. Shu bilan bir qatorda, daʼvoni taʼminlash tartibi boʻyicha milliy qonunchiligimizga taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kalit so'zlar
hakamlik sudi, vakolatli sud, hakamlik muhokamasi, daʼvoni taʼminlash, arbitraj, normativ-huquqiy hujjat, qonun, kodeks.