FUQAROLIK MUNOSABATLARIDA JISMONIY SHAXS ISHTIROKINING NORMAL HOLATINI TA’MINLOVCHI YURIDIK MEZONLAR TAVSIFI
Usmonova Munisxon Yo‘ldosh qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada jismoniy shaxslarning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda normal holatda ishtirok etishini ta’minlovchi yuridik mezonlar tahlil qilinadi. Muallif tomonidan ushbu yuridik mezonlar to‘rt guruhga bo‘lib o‘rganilgan. Maqolada huquq sub’ektliligining kategoriyalari bo‘lgan huquq layoqati va muomala layoqati, delikt layoqat, shaxs o‘z harakatlarini amalga oshirish jarayonida oqibatni anglashi va tushunib yetishi, voyaga yetganlik hamda voyaga yetmasdan oldin muomala layoqatiga ega bo‘lish (emansipatsiya, qonunda nazarda tutilgan hollarda nikoh yoshiga yetmay turib oila qurish) holatlari batafsil yoritiladi. Huquq layoqati va muomala layoqati borasida olimlarning turlicha qarashlari solishtiriladi. Huquq layoqati bilan birgalikda muomala layoqatining mazmunini aks ettiruvchi unsurlar tahlil qilinadi. Bugungi kunda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda jismoniy shaxs qanday holatda ishtirok etishi va qaysi ishtirok normal (odatiy) holat deb baholanishi borasida fikr yuritiladi. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish asoslari, ularning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish doirasi o‘rganiladi va xorijiy tajriba bilan qiyoslanadi. Normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud bo‘shliqlar va amaliyotdagi muammolarni bartaraf etish uchun asosli takliflar bildiriladi.
Kalit so'zlar
fuqarolik-huquqiy munosabat, jismoniy shaxsning fuqarolik-huquqiy munosabatdagi normal ishtiroki, normal ishtirokni belgilovchi mezonlar, huquq sub’ektliligi, huquq layoqati, muomala layoqati, voyaga yetganlik, emansipatsiya, jismoniy shaxsning o‘z harakatlari ahamiyatini tushuna olishi, muomala layoqati cheklanganlik, muomalaga layoqatsizlik, muomala layoqatidagi nuqsonlar.
Iqtibos uchun
For citation: