XORIJIY MAMLAKATLARDA HUKUMATNI SHAKLLANTIRISHNING PARLAMENTAR USULI: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL
Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich
TDYU Yoshlar masalalari va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada hukumatni shakllantirishning zamonaviy usullaridan biri bo‘lgan parlamentar usul to‘g‘risida fikr yuritilib, huquqshunos mutaxassislarning ushbu yo‘nalishdagi mulohazalari va xorijiy parlamentar mamlakatlarning ijro etuvchi hokimiyat oliy organini shakllantirishga oid konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini o‘rganish asnosida uning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumatini tashkil etishga doir huquqiy hujjatlar tahlili natijasiga ko‘ra, uning muhim jihatlari ko‘rsatib o‘tildi va nazariy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi hukumatini shakllantirish parlamentar usul orqali amalga oshirilishi to‘g‘risida xulosaga kelindi. Xorijiy mamlakatlarda hukumatni shakllantirishga oid konstitutsiyaviy-huquqiy normalar va amaliyotning tahlili xorijiy mamlakatlarda hukumatni shakllantirishning ikki, ya’ni parlamentar va noparlamentar usullari amal qilishi; hukumatni shakllantirish tartibi va ijro etuvchi hokimiyatning tegishliligi, avvalo, muayyan davlatning boshqaruv shakliga bog‘liq bo‘lishi; hukumatni shakllantirishga oid muhim qoidalarning bevosita konstitutsiyada belgilanishi; hukumatning parlament va davlat rahbari oldidagi hisobdorligi; parlamentar davlatlarda hukumat va uning a’zolari iste’fosi yuzasidan konstitutsiyaviy tartib va tamoyillarning belgilanishi hamda amal qilishi yuzasidan xulosalarga kelishimizga asos bo‘ladi.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
hukumat, parlamentar usul, bosh vazir, hukumat a’zolari, parlament roziligi, ishonch.