ARBITRAJ HUQUQINI O‘QITISH: ASOSIY MAQSADLAR
Xalilova Zebiniso Erkinovna
Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi katta o‘qituvchisi, LLM Eur va PhD (Bremen universiteti, Germaniya)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Har qanday pedagogik faoliyatda bo‘lgani kabi, arbitraj huquqini o‘qitish ham nimani o‘qitish va uni qanday o‘qitish to‘g‘risida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Biroq, na “nimani”, na “qanday qilib” degan savollarga javob berishdan oldin “nima uchun” degan savolga javob topish kerak. O‘qituvchining nimani o‘qitishi va qanday usul bilan o‘qitishi, avvalambor, ma’lum bir kursning nima uchun taklif qilinayotgani haqidagi qarorga asoslanishi kerak. Eng muhimi, bu arbitraj huquqini o‘qitish emas, balki arbitrajni o‘rganishdir. Arbitraj huquqini o‘qitishga turlicha yondashish mumkin. Arbitrajga e’tibor qaratish arbitraj va sud muhokamasi, mahalliy arbitraj va xalqaro arbitraj, tijorat arbitraji va investitsiya arbitraji, qonunni tushunish va amaliyotni tushunish o‘rtasidagi farqlarni anglay olish imkonini beradi. Arbitrajni o‘qitish bo‘yicha har qanday muhokamaga, albatta, ushbu muhokama ishtirokchisining ruhiy holati sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqola arbitraj huquqini o‘qitadigan professor-o‘qituvchilar uchun foydali takliflar berishga, ularni arbitraj sohasidagi o‘qitiladigan birinchi o‘quv yili kurslarida yanada ko‘proq diqqatni arbitrajga qaratishga va ushbu sohadagi sifatli o‘quv materiallarining ko‘payishida o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirishni maqsad qiladi.
Kalit so'zlar
arbitraj huquqi, arbitraj huquqini o‘qitish, arbitrajni o‘qitishning asosiy sabablari, tanqidiy fikrlash, huquqiy doktrina, arbitraj kursini o‘qitishning uslublari.
Iqtibos uchun
For citation: