PENITENSIAR TIZIMDA PROFILAKTIK FUNKSIYANING AHAMIYATI VA UNING SAMARADORLIGINI TAʼMINLASH MASALALARI
Salayev Nodirbek Saparbayevich
Toshkent davlat yuridik universiteti
professori, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada penitensiar tizimda profilaktik funksiyani amalga oshirishning tutgan oʻrni va ahamiyati, uning natijadorligi hamda samarasini oshirish masalalari oʻrganilgan. Shuningdek, maqolada penitensiar tizimning maqsad va vazifalari, bunda inson huquq va erkinliklari, jazo maqsadlarining davlat penitensiar tizimi xususiyati, jazo turlari, shu jumladan, ozodlikdan mahrum qilishning roli va penitensiar muassasalarning taqdiriga taʼsiri, jazoning maqsadlaridan biri sifatida ijtimoiy adolatni tiklashning oʻrni, Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya qonunchiligida qayta ijtimoiylashuv yoki moslashuv maqsadini belgilash masalalari, penitensiar muassasalarning vazifalarini belgilashda asosiy, yaʼni jazoning maqsadlaridan bevosita kelib chiqadigan hamda ikkinchi darajali, yaʼni mazkur maqsadlarga erishishni taʼminlaydigan vazifalarni farqlashning ahamiyati kabi masalalar ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Bunda mahalliy va xorijiy olimlarning fikr va mulohazalari oʻrganilib, ularga nisbatan mualliflik pozitsiyasi bildirilgan. Shuningdek, maqolada oʻrganilgan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar, jumladan, mahkumlarni ijtimoiy moslashtirish (adaptatsiya) va ularga psixologik yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish, mahkumlarni axloqan tuzatishda jamoatchilikning ishtiroki masalalari, jamoatchilik kuzatuv kengashi institutini joriy etish istiqbollari boʻyicha takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
penitensiar tizim, profilaktika, profilaktik funksiya, jazo, jazoning maqsadi, jamoatchilik kuzatuv kengashi, ijtimoiy moslashtirish.
Iqtibos uchun
For citation: