O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BLOGERNING HUQUQIY MAQOMI

Xo‘jayev Shoxjaxon Akmaljon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Intellektual mulk huquqi” kafedrasining mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada blogerning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tahlil qilingan. Muallif blogerning huquqiy maqomini uning tushunchasi, huquqlari va majburiyatlari, mas’uliyati va jurnalistning farqlarini hisobga olgan holda batafsil ko‘rib chiqqan. Shuningdek, muallif bloger faoliyatida shaxs, jamiyat va davlatning axborotga doir xavfsizligi qoidalariga rioya qilish muhimligini ta’kidlagan. Maqola muallifi haqli ravishda bloger jismoniy shaxs sifatida bo‘lishini (faqat inson bloger bo‘lib, korxona, tashkilot yoki muassasa, ya’ni yuridik shaxs bloger sifatida namoyon bo‘la olmaydi), virtual makon va Internet tarmog‘ida o‘z sahifasiga egaligini (bu ham veb-sayt, ham veb-saytning sahifasi bo‘lishi mumkin), deb fikr bildirgan. Bloger faoliyatining asosi – hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot hisoblanadigan maxsus kontentni joylashtirishdir (kontentdan hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lishi lozim, bu tarqatilayotgan axborotning muhimligini ko‘rsatadi). Maqolada bloger majburiyatlarining mohiyati ochib berilgan. Xususan, muallifning fikriga ko‘ra, bloger majburiyatlari ikki katta guruhga – mazmun jihatidan majburiyatlar va protsessual majburiyatlarga bo‘linishi mumkin. Qonunchilikni tahlil qilish asosida, muallif qonun chiqaruvchi bloger mas’uliyatini alohida qoidaga ajratmaydi, shuning uchun ularga javobgarlikka oid umumiy qoidalar qo‘llaniladi, degan xulosaga kelgan.
Kalit so'zlar
ijtimoiy tarmoqlar, axborotlashtirish, blog, veb-sayt, kontent, javobgarlik, axborotga doir xavfsizlik, jurnalist, OAV, reklama.
Iqtibos uchun
For citation: