HUQUQIY BOʻSHLIQ FENOMENI VA UNI BARTARAF ETISH: OʻZBEKISTON FUQAROLIK QONUNCHILIGI MISOLIDA
Eshturdiyeva Farangiz Baxodir qizi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti yetakchi ilmiy xodimi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada huquqiy boʻshliq fenomeni va uni bartaraf etish masalalari atroflicha nazariy hamda amaliy tahlil qilingan. Tadqiqotda huquqiy boʻshliqlar huquq tizimning rivojlanish jarayonida vujudga keladigan obyektiv va murakkab hodisa sifatida baholanib, ularning fuqarolik qonunchiligida namoyon boʻlish shakllari ochib berilgan. Maqolaning maqsadi huquqiy boʻshliqlarni aniqlash mezonlari va turlarini ilmiy asoslash, milliy va xorijiy huquqshunoslik doktrinasida shakllangan yondashuvlarni qiyosiy tahlil qilish hamda Oʻzbekiston fuqarolik qonunchiligi misolida huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etishning aniq huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy-huquqiy, normativ-huquqiy va doktrinal usullardan foydalanilgan. Mahalliy va xorijiy olimlarning huquqiy boʻshliqqa oid qarashlari umumlashtirilib, fuqarolik qonunchiligida shaxsiy nomulkiy huquqlar, shaxsiy hayot daxlsizligi, tasvirlar va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish bilan bogʻliq huquqiy boʻshliqlar aniqlangan. Maqolada huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etishga qaratilgan aniq normativ-huquqiy va institutsional tavsiyalar ilgari surilib, huquqiy monitoringni kuchaytirish, rekodifikatsiya jarayonlarini takomillashtirish, qonun ijodkorligida huquqiy boʻshliqlarni barvaqt aniqlash mexanizmlarini joriy etish zarurligi asoslantirilgan. Tadqiqot natijalaridan qonun ijodkorligi amaliyotida, fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishda, ilmiy tadqiqotlarda foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar
huquqiy boʻshliq, huquqiy boʻshliq fenomeni, fuqarolik qonunchiligi, huquqiy tartibga solish, shaxsiy nomulkiy huquqlar, huquqiy monitoring, rekodifikatsiya, qonun ijodkorligi, yuridik texnika
Iqtibos uchun
For citation: