“DAVLAT HUQUQIY SIYOSATI TRANSFORMATSIYASI” TUSHUNCHASI TAHLILI
Xaydarova Marjona Olim qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, Toshkent davlat transport universiteti “Xalqaro ommaviy huquq” kafedrasi oʻqituvchi assistenti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada “davlat huquqiy siyosati transformatsiyasi” tushunchasining nazariy jihatlari, uning davlat boshqaruvidagi oʻrni va funksional ahamiyati, shuningdek, davlat huquqiy siyosati bilan bogʻliqligi har tomonlama tahlil qilingan. Tadqiqot predmeti sifatida transformatsiya jarayonining davlat huquqiy siyosatidagi oʻrni yoritiladi. Muallif huquqiy siyosat transformatsiyasi yoʻnalishlarini ikki tarmoqqa – progressiv va responsiv yondashuvlar hamda demokratik va inson huquqlari tamoyillari asosidagi yoʻnalishlarga ajratib koʻrib chiqadi. Metodologik asos sifatida tizimli, mantiqiy va tahliliy yondashuv usullari qoʻllangan. Maqolada, xususan, davlat huquqiy siyosati transformatsiyasining asosiy yoʻnalishlari batafsil tahlil etilib, bu borada bir qator olimlarning ilmiy izlanishlari tahlil manbasi sifatida olingan hamda ularning fikr va qarashlari keltirilgan. Tadqiqot xulosalarida huquqiy siyosat transformatsiyasining oʻziga xos jihati huquqiy hujjatlar, davlat boshqaruvi funksiyalari hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining uygʻunligida namoyon boʻlishi taʼkidlangan. Ushbu yondashuvlar huquqiy siyosat transformatsiyasini mustaqil va yetakchi huquqiy yoʻnalishga aylantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, davlat huquqiy siyosati transformatsiyasi jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar chuqur oʻrganilib, ularni amaliy bartaraf etish boʻyicha bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
huquqiy siyosat, transformatsiya, davlat huquqiy siyosati transformatsiyasi, raqamlashtirish, jamoatchilik nazorati, inklyuzivlik, institutsional-huquqiy tartib
Iqtibos uchun
For citation: