QONUNCHILIK HUJJATLARI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY HUQUQIY ASOSLARI
Odilqoriyev Xojimurod To‘xtamurodovich
yuridik fanlar doktori, professor
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mamlakat ijtimoiy hayotini tartibga solishga yo‘naltirilgan huquq normalari qanchalik sifatli bo‘lsa, aholi turmush farovonligi shunchalik yuksalib boradi. Mukammal hamda puxta tayyorlangan qonunlarda hayotiy va xalqchil tamoyillar ustuvorlik qilsa, uni amaliyotga tatbiq qilish ham samarali kechadi. Aksincha, amalga oshirishning aniq mexanizmiga ega bo‘lmagan, faqatgina umumiy masalalarni hal etadigan qonunchilik hujjatlarini qabul qilish amalda ko‘plab muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Maqolada mamlakatimiz qonunchilik tizimining normativ negizini tashkil etuvchi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi yangi Qonunning mazmun-mohiyati, qonun va huquq ijodkorligi faoliyatining prinsiplari, ushbu jarayonning bosqichlari, subyektlari va amalga oshish mexanizmlari tahlil etilgan. Qonunchilik hujjatlarining turlari tasniflanib, ularning xususiyatlari ochib berilgan. Mazkur hujjatlar loyihalarini tayyorlash tartibi va huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar berilgan. Talqin etilayotgan Qonunda o‘z aksini topgan qator yangiliklar: konstitutsiyaviy qonunlarning huquqiy tabiati va maqomi, qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlashda jamoatchilik fikrini o‘rganish, ularni turli yo‘nalishdagi ekspertizalardan o‘tkazish, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish, tartibga solish ta’sirini baholash, ularning makon, zamon va shaxslar bo‘yicha harakatlanish xususiyatlari ilmiy tahlil etilgan. Shuningdek, unga qonunchilik hujjatlari loyihasining jamoatchilik ekspertizasi institutini kiritish taklifi ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
qonun, qonun ustuvorligi, qonunchilik hujjatlari, normativ-huquqiy hujjatlar, huquq ijodkorligi tashabbusi, qonunchilik sotsiologiyasi, huquqiy hujjatlar loyihasining jamoatchilik ekspertizasi, huquqiy eksperiment.
Iqtibos uchun
For citation: