OXIRGI ZARURATNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

Otegenova Luiza Joldasbayevna

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada oxirgi zaruratning nazariy va amaliy jihatlari va uning o‘ziga xos belgilari tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada oxirgi zarurat hollarida, agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topilishi va uning o‘ziga xos belgilari borasida ham so‘z yuritiladi. Shuningdek, muallif maqolada oxirgi zarurat holatida sodir qilingan deb topishda quyidagi: birinchidan, oxirgi zarurat tufayli qonun bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatga zarar yetkazilishi; ikkinchidan, oxirgi zarurat faqat xavf boshlangan va tamom bo‘lmagan vaqt mobaynidagina qo‘llanishi hamda bunda hali boshlanmagan va tugab bo‘lgan xavfga nisbatan oxirgi zarurat chorasini qo‘llash mumkin emasligi; uchinchidan, vujudga kelgan xavfni boshqa biror chora orqali bartaraf qilishning iloji bo‘lmagan bo‘lishi va qo‘llangan chora xavfni bartaraf qilishning oxirgi chorasi bo‘lishi kerakligi; to‘rtinchidan, xavf manbayi tomonidan keltirilishi mumkin bo‘lgan zarardan oxirgi zarurat tufayli keltirilgan zarar kamroq bo‘lishi; beshinchidan, qonun doirasida, ya’ni oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqmagan bo‘lishga doir belgilarni asos qilish mumkinligini olimlarning fikr va mulohazalari bilan tahlil etadi.
Kalit so'zlar
oxirgi zarurat, zarar, jinoyat, javobgarlik, jazo, ayb, chora, xavf, oldini olish, bartaraf etish.