Sanoat mulkI huquqi tushunchasi va mohiyati

Mexmonov Qambariddin Miradxamovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada sanoat mulki huquqi tushunchasi va mohiyati tahlil etilgan. Taklif etilgan tadqiqot sanoat mulki huquqi tushunchasi va mazmun-mohiyati, tatbiq etiladigan huquqiy rejim, sanoat mulki huquqiga oid munosabatlarning rivojlanish tendensiyalari haqida toʻliq maʼlumot olishga imkon beradi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda intellektual mulk obyektlarining yaratilishi va huquqiy muhofaza hujjati (patent) berilishi tendensiyasi huquq egalarining huquqlari yetarlicha himoyalanmagani bilan asoslanadi. Shu bilan birga, sanoat mulki obyektining patentga layoqatli shartlari, himoya hujjati berilishi shartlarining murakkabligi huquqiy himoyani amalga oshirishni murakkablashtiradi. Huquq egalari oʻz huquqlarini amalga oshirishda nafaqat milliy qonunchilikdan, balki xalqaro miqyosda ham himoya olish imkoniyatlaridan samarali foydalanmayapti. Sanoat mulki obyektlari rejimini aniqlash tahlili shuni koʻrsatadiki, aniq huquqiy chora-tadbirlar, mexanizmlarni qoʻllash orqali Oʻzbekistonda sanoat mulki obyektlari yetarlicha huquqiy himoya ostiga olinishi mumkin. Mazkur muammolarni huquqiy tartibga solish uchun Oʻzbekistonning intellektual mulk sohasidagi qonunchiligini xalqaro talablarga moslashtirish hamda sanoat mulki obyektiga nisbatan huquqni himoya qilishni taʼminlash kerak. Muallif ushbu masalalarning huquqiy yechimini topishda asosiy yoʻnalish axborot texnologiyalari, sunʼiy intellektdan foydalanish boʻlishi zarur, degan qatʼiy pozitsiyani koʻrsatadi. Biroq hozircha sunʼiy intellekt huquq subyekti sifatida tan olinishidan yiroqda. Shuningdek, maqolada olimlarning ilmiy nuqtayi nazarlari, innovatsion rivojlanish davrida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi strategiyasi, sanoat mulkiga doir nizolarni hal qilish masalalari atroflicha oʻrganilgan. Xulosada muallif muayyan xulosalarni ilgari suradi.
Kalit so'zlar
intellektual mulk, sanoat mulki obyektlari, huquqiy rejim, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, mutlaq huquq, sunʼiy intellekt, huquq subyekti.