BO‘LAJAK HUQUQSHUNOSLARNING MA’NAVIY-MA’RIFIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA G‘AFUR G‘ULOM ASARLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Muhitdinova Firyuza Abdurashidovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada G‘afur G‘ulom asarlaridagi ma’naviy qadriyatlarning huquqiy qarashlar bilan o‘zaro munosabati va ularning hozirgi davrda huquqshunoslar tomonidan o‘rganilishi tahlil etilgan. Zamonaviy ilm-fan, ayniqsa, huquqshunoslar uchun ijodiy fikrlash inson tafakkurining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bag‘rikenglik va o‘zaro do‘stlikni yanada mustahkamlash O‘zbekistonning atoqli shoiri sifatida tanilgan G‘afur G‘ulom asarlarining muhim g‘oyasi bo‘lib, ijodi va manfaatlari, birinchi navbatda, ijtimoiy va hatto huquqiy fanlar sohasini qamrab olgan. Shuningdek, olimning ijodidagi asosiy tadqiqot mavzusi davlat va huquq, inson va jamiyat munosabatlariga qaratilgan davr bo‘lgan. Shoir odamlar o‘rtasidagi, shaxs va hukumat, shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilgan. G‘afur G‘ulom O‘zbekistonning siyosiy-huquqiy tafakkuri yutuqlari sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan asarlar yaratganki, bunday adabiy yuksaklikka ko‘tarilgan jamiyat va davlat uchun rivojlanishning mazkur masalalarini o‘rganish doimo dolzarb bo‘lib qolaveradi. Adabiy va tarixiy-madaniy jarayonlar rivojining muhim jihatlari huquqiy nuqtai nazardan belgilovchi ma’naviy-qadriyat, axloqiy-psixologik va falsafiy-etik masalalarni tushunishga ham alohida e’tibor berilgan.
Kalit so'zlar
adabiyot, inson, qadriyat, ma’naviyat, huquq va qonun.
Iqtibos uchun
For citation: