“HAMLET” TRAGEDIYASI VA VILYAM SHEKSPIRNING HUQUQIY QARASHLARI

Bozorova Nasiba Poʻlatjonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Taʼlim jarayonida kishilik jamiyatidagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy muammolarni yagona bir manba orqali oʻrganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish imkoni mavjud. Bu manba hayot haqiqatidan bahs etuvchi badiiy asarlardir. Badiiy ijod namunalari tafakkur va tasavvurga qanot bag‘ishlab, jamiyatdagi ko‘plab muammolarni oʻnglab, ularni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Shu maʼnoda huquqiy taʼlimda badiiy asarlarni huquqiy muammoning obyekti sifatida oʻrganish va oʻrgatish muhimdir. Shunday asarlardan biri ingliz dramaturgi Vilyam Shekspirning “Hamlet” tragediyasidir. Hamlet obrazi, taqdiri, kechinmalari, harakatlari nafaqat adabiyotshunoslar, balki huquqshunoslar o‘rtasida ham qizgʻin bahs-munozaralar, keskin mulohazalar uchun maydon ochib bergan. Jahon huquqshunosligida Yevropa huquq tizimi Shekspir asarlarida, xususan, “Hamlet” tragediyasidagi huquqiy muammolar asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada Shekspirning huquqiy qarashlari Hamlet tahlili asosida bayon etilgan. Xususan, amaldagi qonunlari insoniyat uchun yaratilgan va asl me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan jamiyat, xudbinlik, ikkiyuzlamachilik va qoʻrqoqlik hukm surayotgan davlat, jinoiy hokimiyat, yaʼni shaxs, davlat va jamiyat tanazzulga uchrashining asosiy sabablari tahlil qilinadi. Shekspirning oʻz davri huquq tizimiga munosabati shahzoda Hamletning oʻz haq-huquqlarini himoya qilish harakatlariga baho berish orqali oʻrganildi.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
Vilyam Shekspir, “Hamlet” tragediyasi, huquq, qonun, axloq, jamiyat, shaxs, jinoyat, tarix, badiiy adabiyot, dramaturg, Sharq falsafasi.