O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI

Muqumov Bobur Meliboy o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan dolzarb muammolar ko‘rib chiqilgan. Maqolada, tadbirkorlikni rivojlantirish raqobat muhitini yaratishga, mamlakatning investitsion jozibadorligining oshishiga, bu esa yashash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlangan. Muallif tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha xorijiy tajriba tahlil qilingan. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya kabi mamlakatlarning ijobiy tajribasi o‘rganilgan. Ushbu mamlakatlarda YIMni shakllantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim o‘rin tutadigan kichik biznesni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilishi, ushbu mamlakatlarda tadbirkorlikni rivojlantirishning baʼzi ko‘rsatkichlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi davlatlaridan ancha ustunligi taʼkidlab o‘tilgan. Muallif tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda elektron iqtisodiyotni raqamlashtirish va rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Ilmiy maqolada muallif O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan aniq muammolarni ko‘rsatib o‘tgan. Amalga oshirilgan tahlil asosida O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan. Maqolaning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha yangi takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Kalit so'zlar
tadbirkorlik faoliyati, tadbirkorlik faoliyati subyektlari, xususiy tadbirkorlik, yakka tartibdagi tadbirkor.
Iqtibos uchun
For citation: