FUQAROLIK SUDI ISHLARI YURITISHNI RAQAMLASHTIRISHGA QISQACHA TAVSIF
Pirmatov Otabek Shavkatovich
Toshkent davlat yuridik universiteti, “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi dotsenti v.b. y.f.f.d. (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda fuqarolik sudi ishlarini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik sudi ishlarini yuritishni raqamlashtirish tajribasi tahlil qilindi, sud ishlarini yuritishni raqamlashtirishning afzalliklari o‘rganildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda umumyurisdiksiya sudlari “E-XSUD” axborot tizimi orqali elektron resurslardan faol foydalanmoqda. “E-XSUD” axborot tizimi sudlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’minlaydigan tizimlar majmuasi hisoblanadi. Fuqarolik sudi ishlarini yuritishni raqamlashtirish sud protsessi ishtirokchilariga qulaylik yaratish, ya’ni vaqtni tejash, ishlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish (pochta aloqasi, sayohat va turar joy hamda boshqalar) uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, fuqarolik sudi ishlarini yuritishni raqamlashtirish odil sudlovni ta’minlash, ishni ko‘rib chiqish muddatini tezlashtirish va sud hujjatlari sifatini oshirish, sud majlislarini onlayn o‘tkazish vositasidir. Mazkur maqolada amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, bajarilayotgan dastur va loyihalar asosida O‘zbekistonda zamonaviy raqamli odil sudlovni amalga oshirish imkoniyati va yaqin kelajakda qilinishi lozim bo‘lgan harakatlar yoritilgan.
Kalit so'zlar
raqamlashtirish, blokcheyn, onlayn, fuqarolik sudi ishlari, internet, platforma, pandemiya.
Iqtibos uchun
For citation: