MAXSUS IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATIDAGI AYRIM MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING HUQUQIY TAHLILI

Turdialiyev Muhammad Ali Po‘latjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatidagi ayrim mavjud muammolarning o‘ziga xos masalalari yoritilgan. Bundan tashqari, maxsus iqtisodiy zonalar tushunchasi, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatida boshqaruv bo‘yicha xorijiy ilg‘or tajriba va ushbu tizimni O‘zbekiston hududida qo‘llash istiqbollarini o‘rganish kabi masalalar tadqiq etilgan. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatidagi ayrim mavjud muammolar va ularning huquqiy tahlili keltirilgan. Shuningdek, bugungi kunda maxsus iqtisodiy zonalarga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan ekanligi tahlil etilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, xorijiy sarmoyador, tadbirkor va ishbilarmonlar bilan iqtisodiy integratsiyaning samaradorligini oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalar doirasida investitsiyalarni huquqiy tartibga solish, ularni jalb qilish, imtiyozlar va preferensiyalar berishni takomillashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
maxsus iqtisodiy zonalar, investitsiya, chet el investitsiyalari, erkin iqtisodiy zonalar, offshor zonalar, xalqaro moliya markazlari.
Iqtibos uchun
For citation: