FUQАROLIK PROTSESSIDА VАKILLIK INSTITUTI: O‘ZIGА XOS АHАMIYATI VА XUSUSIYATLАRI
Хаbibullayev Davlatjon Yulchiboyevich
Тоshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda vakillik instituti, ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Xususan, fuqarolik sud ishlarini yuritishda vakillik qilish tushunchasi, uning ahamiyati va bu borada huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari oʻrganib chiqilgan. Suddagi vakillik tushunchasi tahlil qilinib, ushbu tushunchaga mualliflik taʼrifi ishlab chiqilgan. Shuningdek, ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonuni tahlil etilib, bu boradagi huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari tadqiq etilgan. Bundan tashqari, maqolada fuqarolarning malakali yuridik yordam olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqini taʼminlash, ishonch bildiruvchi shaxsga uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudda himoya qilishda yordam berish, hozirgi kunda fuqarolik protsessual huquqi fani nazariyasida vakil bilan advokat maqomining oʻzaro nisbati, advokatning sud protsessida ishtirokining oʻziga xos xususiyatlari tadqiq qilinib, takliflar ishlab chiqilgan. Xulosa qismida vakil bilan advokat maqomining oʻzaro nisbati, advokatning protsessual huquq va majburiyatlari, advokatning sud protsessida ishtirokining oʻziga xos xususiyatlari koʻrsatib berilgan.
Kalit so'zlar
fuqarolik sudi, odil sudlov, vakil, advokat, suddagi vakillik, sud orqali himoyalanish, malakali yuridik yordam, bepul yuridik yordam, vakilning protsessual huquq va majburiyatlari
Iqtibos uchun
For citation: