MDH MAMLAKATLARI QONUNCHILIGI MISOLIDA O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLASHNING QIYOSIY TAHLILI

Xojabekov Muftulla Jolmurza o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Mehnat huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada o‘rindoshlik asosida ishlashning o‘ziga xos xususiyati, ushbu institutning mehnat qonunchiligi tizimidagi ahamiyati, shuningdek, o‘rindoshlikni tartibga soluvchi normalarning qiyosiy tahlili ko‘rib chiqilgan. O‘rindoshlik asosida ishlash aksariyat mamlakatlarning mehnat qonunchiligida yangilik emas. Mehnat bozorida uy bekalari, qorovul, mavsumiy va kunbay ishchilar kabi ishchilarni yollash har doim katta talabga ega. Yuqorida aytib o‘tilgan xodimlar bilan bir qatorda, ma’lum sharoitlarda malakali mutaxassislarni o‘rindoshlikka jalb qilish keng tarqaldi. Bu turdagi ish bilan ta’minlash xodimlarga ma’lum bir sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Ushbu turdagi ish ko‘pincha bir necha kasb va lavozimlarda ishlash yoki o‘rindoshlik asosida amalga oshiriladi. Shuni ta’kidlash joizki, o‘rindoshlik asosida ishlash amaliyoti fuqarolik qonunchiligi bilan emas, balki mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Bu, avvalambor, o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasini tuzish zarurligi bilan asoslanadi, aks holda, bu fao­liyat fuqarolik-huquqiy shartnomalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomasidan hyech qanday farq qilmaydi. Mazkur institutni o‘rganib chiqib, uning, asosan, yuqorida ko‘rsatilgan ishchilar uchun foydaliligiga e’tibor berish kerak. Ammo ish beruvchi uchun ham ijobiy jihatlar mavjud. Xususan, kichik biznes rahbarlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar malakali va tajribali mutaxassislarga muhtoj bo‘lib, ular bilan o‘rindoshlik asosida mehnat shartnomasini tuzish moliyaviy jihatdan foydali hisoblanadi. Shuningdek, muallif MDH davlatlarining o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi mehnat qonunlarini tahlil qiladi.
Kalit so'zlar
o‘rindoshlik, bir necha kasb va lavozimlarda ishlash, o‘rindoshlarning ish vaqti va ta’tili, MDH, ichki o‘rindoshlik, tashqi o‘rindoshlik, o‘rindoshlar mehnatiga haq to‘lash.
Iqtibos uchun
For citation: