XORIJIY DAVLATLAR QONUNCHILIGIDA AYRIM TRANSMILLIY JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIK XUSUSIYATLARI
Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada dunyo miqyosida jinoyat ob’ekti sifatida insoniyat tinchligi va xavfsizligini jinoyat-huquqiy muhofaza qilish tendensiyasini o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishishda xalqaro hamjamiyat a’zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tahlillar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi fikrlarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, odam savdosi, terrorizm, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi va shu kabi boshqa transchegaraviy jinoyatlar bo‘yicha milliy qonunchilikni xalqaro huquq normalari asosida takomillashtirishning yangi yo‘nalish va istiqbollarini tadqiq etish yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilgan. Bundan tashqari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va jinoyatning boshqa turlariga qarshi kurashish va oldini olishda hamkorlik qilish yuzasidan qator shartnomalar tuzilishi, jumladan, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari, jamoat tartibi va xavfsizlikka raxna soluvchi global tahdidlarga qarshi kurash sohasida muayyan tajriba to‘plashga qaratilgan ayrim normalarni milliy qonunchilik asosida tahlil qilish borasidagi xulosalar bayon etilgan. Maqolada xorijiy davlatlar qonunchiligida transmilliy jinoyatlar uchun javobgarlikning ayrim jihatlarini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega ekani asoslantirilgan.
Kalit so'zlar
korrupsiya, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, jinoiy javobgarlik, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, kiberjinoyatchilik.
Iqtibos uchun
For citation: