QASDDAN ODAM OʻLDIRISH JINOYATINING VIKTIMOLOGIK OLDINI OLISHDA AYRIM XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI TAHLILI

Kasimov Nodirjon Sodikjonovich

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2-sonli Toshkent akademik litseyi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada qasddan odam oʻldirish jinoyatining viktimologik profilaktikasini tashkil etishda ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganilgan. Dunyoning koʻplab mamlakatlarida hayotiga boʻladigan tajovuzlardan shaxslarni himoya qilish qasddan odam oʻldirish jinoyati profilaktikasining asosiy yoʻnalishi hisoblanadi. Shu sabab jabrlanishni keltirib chiqaruvchi omillarni barvaqt aniqlab, ularni bartaraf etishga qaratilgan viktimologik profilaktika dolzarb masalaga aylanganini kuzatish mumkin. Tadqiqotda analiz, mantiqiylik, qiyosiy-huquqiy va statistik maʼlumotlar tahlili metodlaridan foydalanildi. Qator mamlakatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatlarining viktimologik profilaktikasini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar va koʻrilayotgan chora-tadbirlar oʻrganilib, taqqoslandi. Xulosada bu boradagi tajribalarni Oʻzbekiston sharoitida tatbiq etishning afzalliklari va istiqbollariga oid fikr-mulohazalar bayon etildi. Shuningdek, mazkur profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda aholi oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun qilinadigan ishlar koʻlami oʻrganildi. Qasddan odam oʻldirish jinoyatlarining viktimologik profilaktikasini tashkil etishda AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya kabi davlatlar tajribalaridan mamlakatimiz sharoitiga toʻgʻri keladigan tomonlarini olish taklifi ilgari surildi. J. Herring, G.M. Gexfenbaum, V.N. Vinokurov, A.V. Nikulenko va boshqalarning oxirgi zaruratda zararni baholashga qaratilgan fikrlari nazariy jihatdan oʻrganildi. Zararni baholash uchun jinoyat huquqi nazariyasida uchraydigan ikki xil tamoyil, yaʼni zaruriyat va mutanosiblik tamoyillari tahlil etildi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasiga murojaat etilgan holda mazkur davlatlarda mavjud sud amaliyoti materiallari tahlil qilingan. Nafaqat milliy va xorijiy olimlarning nazariy qarashlari, balki yuzdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari oʻrganilib, yakunda xulosa qilindi. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligimizdagi ayni normalarni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oxirgi zarurat normalarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy gʻoyalarga “Quad necessitas non habet legem” va “Necessitas vincit legem” tamoyillari asos sifatida olindi.
Kalit so'zlar
qasddan odam oʻldirish, viktimologik profilaktika, viktimologiya, jabrlanuvchi, profilaktik tadbirlar, xorij tajribasi, jinoyat kodeksi, ijtimoiy guruhlar
Iqtibos uchun
For citation: