DAVLAT ORGANLARIDA KORRUPSIYANI ARALASH IDORAVIY NAZORAT QILISH
Safarov Temur Uktamovich
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi prokurori, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqola korrupsiyaning aralash shakllarini nazorat qilishning idoraviy mexanizmlarini organishga bag‘ishlangan. Bu mexanizmlar korrupsiyaviy harakatlarni aniqlash va oldini olish uchun moliyaviy hamda nomoliyaviy instrumentlarni oʻz ichiga oladi. Muallif xalqaro amaliyot va BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalariga tayangan holda axloqiy meʼyorlar hamda manfaatlar toʻqnashuvining ahamiyatini taʼkidlaydi. Tadqiqot davomida mavjud tizimdagi kamchiliklar: yagona Axloq kodeksining yoʻqligi, “davlat xizmatchisi” tushunchasi huquqiy jihatdan yetarlicha tartibga solinmagani va sovgʻalar olish masalalarini tartibga soluvchi aniq meʼyorlarning yoʻqligi aniqlandi. Maqolada ushbu muammolarni hal qilish boʻyicha xalqaro yondashuvlar, jumladan, “Top-to-down” boshqaruv tamoyillari va maxsus qonun hujjatlari koʻrib chiqildi. Ilmiy tahlil huquqiy va sotsiologik yondashuvlarga asoslangan boʻlib, empirik tadqiqotlar hamda xalqaro tajribalarni taqqoslashni oʻz ichiga oladi. Muallif tizimli yondashuvga e’tibor qaratish zarurligini taʼkidlaydi, bu esa davlat xizmatchilari uchun yagona standartlarni ishlab chiqishni, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishni, shuningdek, ichki nazorat mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi. Xulosada Oʻzbekiston Respublikasi davlat xizmatchilari uchun yagona Axloq kodeksini ishlab chiqish taklif etiladi, bu korrupsiyaga qarshi kurash choralarini birxillashtirish va ularning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Maqola korrupsiyaga qarshi kurashishda kompleks yondashuv zarurligini taʼkidlaydigan muhim tadqiqot hisoblanadi. Biroq mavjud choralarning samarasizligi sabablarini batafsil tahlil qilish zarur. Taklif etilgan tavsiyalar, jumladan, Axloq kodeksini ishlab chiqish taklifi asosli, biroq ularni muvaffaqiyatli joriy etish uchun tashkiliy saʼy-harakatlar va siyosiy iroda talab qilinadi.
J. Herring, G.M. Gexfenbaum, V.N. Vinokurov, A.V. Nikulenko va boshqalarning oxirgi zaruratda zararni baholashga qaratilgan fikrlari nazariy jihatdan oʻrganildi. Zararni baholash uchun jinoyat huquqi nazariyasida uchraydigan ikki xil tamoyil, yaʼni zaruriyat va mutanosiblik tamoyillari tahlil etildi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasiga murojaat etilgan holda mazkur davlatlarda mavjud sud amaliyoti materiallari tahlil qilingan. Nafaqat milliy va xorijiy olimlarning nazariy qarashlari, balki yuzdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari oʻrganilib, yakunda xulosa qilindi. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligimizdagi ayni normalarni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oxirgi zarurat normalarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy gʻoyalarga “Quad necessitas non habet legem” va “Necessitas vincit legem” tamoyillari asos sifatida olindi.
Kalit so'zlar
idoraviy mexanizmlar, aralash nazorat shakli, korrupsiyaga qarshi kurashish, axloq meʼyorlari, korrupsiya xavflarini baholash, manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, davlat xizmatchilari, manfaatlar deklaratsiyasi
Iqtibos uchun
For citation: