SUD MUHOKAMASIDA ISBOT QILISH PREDMETI SIFATIDA PREYUDITSIYADAN FOYDALANISH MASALALARI

Uralov Sarbon Sardorovich,

Toshkent davlat yuridik universiteti, “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi oʻqituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolaning dolzarbligi shundaki, jinoyat protsessida preyuditsiya instituti jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatidagi ziddiyatlarni bartaraf etish, koʻplab xarajat va kuch talab etadigan preyuditsial vaziyatlarni oson hal etish imkonini yaratadi. Maqolaning maqsadi tahlillar asosida jinoyat-protsessual huquqida preyuditsiya institutini tatbiq etish bilan bogʻliq muammolar yechimi boʻyicha nazariy qoidalar yaratishdir. Koʻzlangan maqsad esa jinoyat protsessida preyuditsiya institutini qoʻllash bilan bogʻliq milliy qonunchilikni takomillashtirish istiqbollarini aniqlash hamda ushbu institutni huquqiy asoslovchi ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Natijalarning ilmiy jihatdan yangiligi – jinoyat-protsessual huquqida preyuditsiya institutini qoʻllashga oid huquqiy koʻrsatmalarni takomillashtirishning nazariy, huquqiy va amaliy masalalarini jinoyat-protsessual huquqi fani nuqtai nazaridan tadqiq etishdir. Tadqiqot davomida olingan xulosalardan jinoyat-protsessual islohotlarning alohida yoʻnalishi sifatida preyuditsiya institutini rivojlantirish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar tayyorlash, jinoyat-protsessual huquqi fani boʻyicha maʼruzalar hamda maxsus kurslar oʻqishda foydalanish mumkin. Bunda qonun chiqaruvchi jinoyat-protsessual faoliyatning xususiyati, yoʻnalishi, mazmunini qonun yoʻli bilan maxsus qoidalar yordamida belgilab berishi toʻgʻrisidagi fikrlar keltirilgan. Yuqori sud instansiyalari tomonidan dalillarning preyuditsial ahamiyati va ularni tan olish mexanizmlari xususida turlicha qarashlar polemika shaklida keltirib oʻtilgan.
Kalit so'zlar
ayblov, himoya, odil sudlov, preyuditsiya, hukm, sud qarorlarining majburiyligi, jinoyat ishi, hukm ijrosi, hukmlarni tan olish, sud tergovi.
Iqtibos uchun
For citation: