COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA TIBBIYOT SOHASIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY JIHATLARI
Yusupova Faringiz O‘ktam qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Sog‘liqni saqlash sohasiga axborot telekommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi tibbiy xizmatlarga talab keskin o‘sishi va sog‘liqni saqlash tizimining jadal rivojlanishiga turtki bo‘ldi. 2020-yil boshida mamlakatimiz va butun dunyoda Covid-19 pandemiyasining tarqalishi normal hayot tarziga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, bu paytda dunyo aholisi odatiy turmush tarzini o‘zgartirishga, ya’ni o‘zini izolyatsiya qilish va uyda qolishga majbur bo‘ldi. Bu esa insonlar faolligini kamaytirib, o‘zaro aloqalar va muloqotni minimallashtirdi. Pandemiya tarqalishi bilan butun dunyo teletibbiyot xizmatlarini rivojlantirish qanchalik muhim va zarur ekanligi yaqqol yuzaga chiqdi. Mazkur maqolada Covid-19 pandemiyasi davrida teletibbiyot va teletibbiy xizmatlardan foydalanishda davlatlar amaliyoti tahlil qilindi va qanday qonunlar bilan tartibga solingani o‘rganildi, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida Covid-19 pandemiyasi davrida raqamlashtirish, pandemiya davridagi ijobiy va salbiy jihatlar, litsenziyalash va uning tuzilish jarayoni, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan statistik ma’lumotlar, ushbu xizmatlar uchun shifokorlarga haq to‘lash, bemorlarning teletibbiy xizmatlardan foydalanish tartibi va teletibbiy xizmatlarning yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Kalit so'zlar
Covid-19 pandemiyasi, teletibbiyot, teletibbiy xizmatlar, raqamli texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli transformatsiya, telesalomatlik.
Iqtibos uchun
For citation: