O‘SIMLIK DUNYOSIGA OID QONUNCHILIKDA EKOLOGIK VA MULKIY MUNOSABATLAR TAHLILI
Mahkamov Durbek Ne’matovich
Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzod
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada ekologik holatni xalqaro va milliy miqyosdagi statistik ma’lumotlar hamda huquqiy aspektlar orqali tahlil etish natijasida ekologik-huquqiy ong va qarashlarning o‘zgarishi tavsiflangan. Tabiiy resurslardan biri bo‘lgan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning ekologik-huquqiy maqomi, huquqiy rejimi, o‘simlik dunyosini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi dinamikasi va qamrovi, yillar kesimida rivojlanish bosqichlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, sohani rivojlantirish va prognoz qilishga qaratilgan zamonaviy konsepsiyalar, yangi mexanizmlar, ilmiy-nazariy institutlar to‘g‘risida fikrlar berilgan. O‘simlik dunyosiga nisbatan mulkchilik masalalari, uning qonunchilikdagi maqomi va o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan. Bunda jismoniy va yuridik shaxslarning o‘simlik dunyosiga nisbatan mulk sifatidagi munosabati, foydalanish chegarasi, muhofaza qilish majburiyati masalalariga e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar
o‘simlik dunyosi, ekologik qonunchilik, tabiiy resurs, o‘simlikdan foydalanish, maxsus foydalanish, mulkiy munosabatlar.
Iqtibos uchun
For citation: