JINOYAT-PROTSESSUAL EHTIYOT CHORASI SIFATIDA UY QAMOG‘I TUSHUNCHASI VA HUQUQIY MOHIYATI

Abdullayev Diyor Ibodillayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi, mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, uy qamog‘i boshqa jinoyat-protsessual ehtiyot choralariga nisbatan yangi huquqiy institut hisoblanadi. Mazkur maqolada muallif tomonidan jinoyat-protsessual ehtiyot choralarining umumiy tavsifi, ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘i tushunchasi, uning huquqiy elementlari hamda mazmun-mohiyatining ilmiy-nazariy jihatlari xorijiy mutaxassislar va mahalliy tadqiqotchilar fikrlarini qiyosiy tahlil qilish orqali atroflicha yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada uy qamog‘i ehtiyot chorasini tayinlash tartibini belgilovchi xorijiy hamda milliy qonunchilik va qonunosti normalari asosida huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelgan muammolar bayon etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va takliflar keltirilgan. Jinoyat sodir etgan yoxud uni sodir etishda gumonlanayotgan shaxsga nisbatan dastlabki tergov yoki sud jarayonida qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun qonuniy asoslar mavjud bo‘lsa-da, uning yoshi, sog‘lig‘i holati, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni inobatga olgan holda, insoniylik nuqtayi nazaridan uni qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirdagina ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘i qo‘llanadi. Lekin shaxs belgilangan tartibga rioya qilmasdan o‘ziga berilgan yengillikni suiiste’mol qilsa, unga nisbatan qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasi tayinlanadi. Shu boisdan huquqni qo‘llovchi, birinchi navbatda, ya’ni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish o‘rniga uy qamog‘ini tanlashda, ehtiyot chorasi sifatida qamoqni qo‘llash asosi va uni tanlashda inobatga olinadigan holatlarni aniq farqlashi lozim.
Kalit so'zlar
jinoyat protsessi, ehtiyot chora, uy qamog‘i, taqiqlar (cheklovlar).