MEHNAT VA MASHGʻULOTLAR SOHASIDA KAMSITISHNI TAQIQLASH PRINSIPINING AYRIM JIHATLARI
Raximov Miryoqub Aktamovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Oʻzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari mustahkamlab qoʻyildi. Xususan, mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash prinsipida yangicha gʻoyalar aks etdi. Maqolada mazkur prinsipning mazmun-mohiyati, kamsitishning oldini olish maqsadida qabul qilingan qonun hujjatlari, xalqaro standartlar tahlil qilingan. Toʻgʻridan toʻgʻri va bilvosita kamsitish tushunchasi, uning oʻziga xos jihatlari, xodimlarning “ishchanlik sifatlari” va “mehnat natijalari” terminlari ochib berilgan. Bundan tashqari, kamsitishning darajalari sifatida bilvosita kamsitish, bevosita kamsitish hamda milliy darajadagi kamsitish kategoriyalari tadqiq qilingan. Shu bilan birga, Oʻzbekiston huquq tizimiga yaqin boʻlgan xorijiy mamlakatlar (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ukraina) qonunchiligining oʻziga xos tomonlari ochib berilgan. Kamsitishga oid nizolar yuzasidan xodimlarning sudga murojaat qilish tartibi, mavzuga oid sud amaliyoti hujjatlari tahlil qilingan. Maqolada mehnat sohasida kamsitish uchun javobgarlik masalalari ham tavsiflangan. Shu bilan bir qatorda mavjud muammolar yechimi boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
toʻgʻridan toʻgʻri kamsitish, bilvosita kamsitish, tizimli kamsitish, ishchanlik sifatlari, mehnat natijalari, sud orqali himoyalanish, jinoiy javobgarlik
Iqtibos uchun
For citation: