FUQAROLIK ISHLARINING TAALLUQLILIGI: NAZARIY QOIDALAR VA AMALIY MUAMMOLAR

Esanova Zamira Normurotovna

Toshkent davlat yuridik universitetiFuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqola fuqarolik protsessual huquqining eng qadimiy va dolzarb institutlaridan biri boʻlgan taalluqlilik mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, ushbu mavzu mazmun-mohiyatidan kelib chiqayotgan nizolar (ishlar)ni qaysi organ koʻrib chiqishi vakolati, uning mezonlari va shartlari, shuningdek, ushbu sohada sud va boshqa organlarning vakolati doirasi oʻrin olgan. Taalluqlilikning vazifasi keng maʼnoda shaxslar (jismoniy va yuridik)ning huquq va manfaatlarini himoya qilishning shakllari (sud yoki sudsiz tartibda hal qilish)ni belgilaydi. Tor maʼnoda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan va nizolashayotgan subyektiv huquqlari hamda ularning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish vakolatiga ega boʻlgan bir qator davlat organlari va tashkilotlarga tegishlilik tushuniladi. Ularning vakolatlarini bir-biridan ajratib olishda ishlarning taalluqliligi asosiy rol oʻynaydi. Maqolada taalluqlilikning sudlovlilikka nisbatan keng tushuncha ekanligi, ushbu protsessual institut bilan oʻxshash va farqli jihatlari ham yoritilgan. Maqolada, shuningdek, fuqarolik protsessual huquqida taalluqlilikning alternativ, shartnomali, imperativ, mustasno kabi turlari haqida batafsil maʼlumot va tahlillar keltirilgan. Maqola yakunida taalluqlilik mavzusiga doir muammolar, ularning yechimiga doir taklif va tavsiyalar, mualliflik xulosalari berilgan.
Kalit so'zlar
taalluqlilik, sudlovlilik, fuqarolik ishi, nizo, nizosiz ish, maʼmuriy tartib-taomil, vakolat, sud, sudsiz tartib, hakamlik, mediatsiya, hokimiyat, idora, notariat.
Iqtibos uchun
For citation: