ADVOKATLIK TUZILMALARINING HUQUQIY MAQOMINI TAKOMILLASHTIRISH
Qodiraliyev Saddam Baxtiyorjon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi o‘qituvchisi
Gulmurodov Firuzbek Olimjon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada advokatlik tuzilmalarining huquqiy maqomi ilmiy-nazariy va huquqiy jihatdan tahlil qilingan boʻlib, bu borada advokatlik byurosi va yuridik maslahatxonaning tarkibiy xususiyatlari, ushbu advokatlik tuzilmalarining huquqiy maqomini takomillashtirish yuzasidan milliy va xorijiy tajriba oʻrganildi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura to‘gʻrisida”gi qonuniga tegishli oʻzgartirishlar kiritish haqida takliflar berildi. Shuningdek, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼatining umumiy, oʻxshash hamda oʻzaro farqli tomonlari nazariy va huquqiy jihatdan tadqiq etilib, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼatida advokatlarning huquq va majburiyatlari, bevosita amaliyotda olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, advokatlik tuzilmasi hisoblangan yuridik maslahatxona faoliyatini qonunchilikda belgilab qoʻyilganidek amalda tashkil etish, yuridik maslahatxonaning to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan samarali taʼminlash tizimini yaratish dolzarb ekanligi ta’kidlandi. Xorijiy davlatlar advokatlik tuzilmalarining huquqiy maqomi milliy advokatlik tuzilmalari bilan qiyosiy jihatdan tahlil etilgan holda mamlakatlarda advokatlik tuzilmalari advokatura institutining ijtimoiy-huquqiy tabiatiga bog‘liqligi aniqlandi. Oʻrganishlarni hisobga olgan holda ushbu institutning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutining nazariy va amaliy asoslarining dolzarbligi ochib berildi. Oʻzbekiston Respublikasida advokaturaning bugungi kundagi holati, advokatlik tuzilmalari huquqiy maqomining dolzarb masalalari va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari belgilab olindi.
Kalit so'zlar
advokatlik tuzilmasi, advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlik hayʼati, yuridik maslahatxona.