SUNʼIY INTELLEKT VA AVTONOM TRANSPORT VOSITALARI: RAQAMLI DAVRDA HUQUQ SUBYEKTLILIGI MASALALARI

Inoyatov Nodirbek Xayitboy oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi oʻqituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy jamiyatda sunʼiy intellekt tizimlarining va avtonom transport vositalarining huquqiy maqomi masalasi tadqiq etilgan. Maqolada huquqiy subyektliligi tushunchasi va uning tarixiy evolyutsiyasi, sunʼiy intellektning huquqiy maqomiga doir xalqaro tajriba, shuningdek, Oʻzbekiston qonunchiligidagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida” va “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlar, shuningdek, avtonom transport vositalari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik masalalari kompleks oʻrganilgan. Tadqiqot natijasida, sunʼiy intellektga “elektron shaxs” maqomini berish konsepsiyasi muhokama etilib, avtonom transport vositalari uchun maxsus huquqiy rejim yaratish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada avtonom transport vositalari bilan bogʻliq huquqbuzarliklar va zarar yetkazish holatlari statistikasi tahlil qilinib, jahonda 45 dan ortiq mamlakatlarning sunʼiy intellekt sohasidagi qonunchilik tajribasi oʻrganilgan. Shuningdek, ishda terminologik nomuvofiqlik, empirik maʼlumotlar yetishmasligi va interdistsiplinar yondashuvning murakkabligi kabi ilmiy muammolar koʻrib chiqilgan. Maqolada texnologik neytrallik, xavfsizlik ustuvorligi va javobgarlik tizimining aniq belgilanishi tamoyillariga asoslangan yondashuv taklif etilgan. Bundan tashqari, “elektron shaxs fondi” konsepsiyasini Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirilgan modelda taklif etilgan boʻlib, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish zarurligi taʼkidlangan.
Kalit so'zlar
sunʼiy intellekt, huquqiy subyektlilik, avtonom transport vositalari, elektron shaxs, fuqarolik-huquqiy javobgarlik, huquqiy status, raqamli davr, fuqarolik huquqi, huquqiy fiksiya
Iqtibos uchun
For citation: