G‘ARBDA TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK (BANKROTLIK) HUQUQI RIVOJLANISHI VA ASOSIY PRINSIPLAR SHAKLLANISHI
Xudaybergenov Behzod Baxtiyorovich
Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada Qadimgi Rimda, o‘rta asrlarda Italiya, Fransiya, Germaniya va Angliyada to‘lovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishga qaratilgan qoidalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tahlil qilingan. Shuningdek, rim huquqida qarzdorning kreditorlar talablarini bajarish tartibi, undiruv qarzdorning shaxsi va mol-mulkiga qaratilishi, qarzdorga beriladigan imtiyozlar va qaysi holatlarda qarzdor javobgarlikdan ozod qilinishi yoritib berilgan. Bundan tashqari, o‘rta asrlarda Italiya, Fransiya, Germaniya va Angliyada savdo bilan bog‘liq to‘lovga qobiliyatsizlik – bankrotlikning shakllanishi, normativ-huquqiy bazaning yaratilishi, davlatlar qonunchiligidagi bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar va o‘xshash jihatlar o‘rganilgan. Ushbu davlatlarda bankrotlik jarayonida qo‘llaniladigan turli taomillarning mazmunini ochib berishga harakat qilingan, qaysi qoidalar hozirgi kunda ham keng qo‘llanilayotganligi va bu normalarning O‘zbekiston qonunchiligiga qanday qilib kirib kelganligi hamda hozirda ular qanday nomlanishi va qo‘llanilishi tahlil qilingan. Aynan ushbu davlatlarda qabul qilingan qonun hujjatlari asosida to‘lovga qobiliyatsizlik huquqining turli yo‘nalishlari va tendensiyalari belgilangan. Shuningdek, tarixda mavjud bo‘lgan, ijtimoiy foydali qoida va normalarni amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish orqali tiklash masalalari yoritib berilgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik, kreditor, qarzdor, manus injectio, cessio bonorum, pul majburiyatlari, Actio Pauliana.
For citation: