YURIST TALABALARNI O‘QITISHDA NUTQIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Usarova Dildora Abduazizovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitishda huquqshunos talabalarning nutqiy kompetensiyasini shakllantirishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Darhaqiqat, ingliz tili darslarida nutqiy kompetensiyasini shakllantirish uzluksiz jarayon bo‘lib, u ham dialog, ham monolog shaklda to‘g‘ri, ravon va dinamik gapirish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan turli usul va texnikalardan foydalanish, eshitiladigan va o‘qiladigan nutqni yaxshi tushunish, shu jumladan, har qanday uslubda nutq ishlab chiqarish va tushunish qobiliyatiga ega bo‘lish, ya’ni to‘plangan til materialidan muloqot qilish maqsadida foydalanishni o‘z ichiga oladi. Nutqiy kompetensiya chet tili kommunikativ kompetensiyasining ajralmas qismi bo‘lib, nutq faoliyatining to‘rt turi bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishni qamrab oladi, ya’ni: produktiv (gapirish va yozish) va retseptiv (o‘qish va tinglash). Shularni hisobga olib, muallif maqolada turli olimlarning fikr-mulohazalaridan foydalangan holda, “kompetensiya” va “nutqiy kompetensiya” tushunchalarini izohlaydi. Tadqiqotda tavsiflovchi, konseptual va qiyosiy usullardan foydalanildi.
Kalit so'zlar
nutq, muloqot, kompetensiya, nutqiy kompetensiya, ta’lim, yurist talabalar, usullar, tamoyillar.
Iqtibos uchun
For citation: