KORXONALARNI INVESTITSION RIVOJLANTIRISHDA KORPORATIV BOSHQARUVNING ROLI: SHVETSIYA MISOLIDA

Azimova Dilafruz Mirzatullayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi dotsenti v. b., iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Samarali korporativ boshqaruv korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatining muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, barqaror rivojlanishni aniqlovchi, aksiyadorlar, mijozlar va boshqa aloqador shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi, korxonaning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish sohasidagi eng muhim yo‘nalishdir. Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli yoki oilaviy kapitalizm hamda oilaviy biznes guruhlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida keng tarqalgan. Jumladan, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlari, Kanada, shuningdek, Yevropa mamlakatlarida (Shvetsiya, Italiya va Fransiya) amal qiladi. Bunda yirik korporatsiyalar bir oila a’zolari tomonidan boshqarib boriladi. Mazkur maqolada xorij amaliyotida, xususan, Shvetsiyada korporativ boshqaruv tizimining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan bo‘lib, unda korporativ boshqaruv nazariyalari va asosiy tamoyillari evolyutsiyasi, korporativ boshqaruvning korxonalarni investitsion ta’minlashdagi o‘rni, uning zamonaviy uslublari va modellari, institutsional asoslari kabi masalalar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga, Shvetsiyada korporativ boshqaruv organlari va ularning ijro etuvchi organ bilan o‘zaro ta’siri, nazorat organlarining vazifalari va funksiyalari, korporativ madaniyat, korxonalarga jalb qilingan investitsiyalarning shaffofligi va korporativ boshqaruv samaradorligini baholash, korporativ firibgarlik riskining oldini olish hamda unga qarshi kurashish jarayonining asosiy bosqichlari tahlil qilingan./su_spoiler]
Kalit so'zlar
korporativ boshqaruv, korporativ boshqaruv organlari, korporativ madaniyat, samaradorlikni baholash, investitsion loyihalar, korporativ firibgarlik riski.
Iqtibos uchun
For citation: