AYOLLARNI ZULM VA ZOʻRAVONLIKDAN HIMOYA QILISH VA ULARNING JAMIYATDAGI ROLINI OSHIRISH
Inoyatova Sohiba Fazilovna
Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi
Saidaxmedova Muazzamxon Anvarxonovna
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Zo‘ravonlikka uchragan ayollarning huquqlarini himoya qilish ko‘plab davlatlarda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ham muhim va dolzarb muammo hisoblanadi. Shu munosabat bilan ko‘pgina mamlakatlarda zo‘ravonlik qurbonlarini himoya qilish va aybdorlarni javobgarlikka tortishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar amalda mavjud. Xotin-qizlarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiyadir (CEDAW). Mazkur konvensiyani bajarish maqsadida mamlakatimiz tomonidan ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlik tahdidini aniqlash va oldini olish uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratishda asosiy rol o‘ynagan maxsus normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular maqolada batafsil tahlil qilinadi. Zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotga integratsiyalashishlari uchun imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Maqolada ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni aniqlash, barcha turdagi zoʻravonlikning oldini olish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda zo‘ravonlikka uchragan ayollarni reabilitatsiya qilish, ularni biznes va jamiyatga integratsiya qilish imkoniyatlarini huquqiy taʼminlash masalalari tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar
zo‘ravonlik, zo‘ravonlik turlari, BMT konvensiyasi, ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini yo‘q qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ayollar huquqlari, himoya orderi
Iqtibos uchun
For citation: