TADBIRKORLIK FAOLIYATI SOHASIDA DAVLATNING MOLIYAVIY SIYOSATI

Li Adik Aleksandrovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada tadbirkorlik faoliyati sohasidagi davlat moliyaviy siyosatining maqsadlari, vazifalari va vositalari huquqiy, institutsional hamda strategik jihatlariga eʼtibor qaratilgan holda tahlil qilingan. Ilmiy yondashuvlarni (funksional, makroiqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy va integrativ) tizimlashtirish asosida zamonaviy tartibga solishda huquqiy aniqlik, meʼyoriy bashorat qilish imkoniyati va qarorlar qabul qilishda biznes hamda fuqarolik jamiyatining ishtirokini taʼminlash katta ahamiyat kasb etayotgani koʻrsatib oʻtilgan. Maqolada milliy amaliyotlarni AQSh, Germaniya, Fransiya va Yaponiya tajribalari bilan taqqoslash mantigʻi ochib berilgan. Bu tajriba soliq imtiyozlari, budjet koʻmagi, ochiq jamoatchilik maslahatlashuvi mexanizmlarini uygʻunlashtirish, shuningdek, davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi muloqotni institutsional shakllantirish kabi jihatlarni oʻz ichiga oladi. Muallif tadbirkorlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan moliyaviy siyosat samaradorligi faqat resurslar hajmi bilan emas, balki maʼmuriy tartib-taomillarning sifati, mablagʻlarni taqsimlashdagi shaffoflik va nazoratning mustaqilligi bilan ham belgilanishini asoslagan. Shu asnoda moliyaviy siyosatning keng qamrovli tuzilmasi (maqsadlar, tamoyillar, yoʻnalishlar, vositalar, subyektlar va meʼyoriy baza) taklif etilgan boʻlib, u ragʻbatlantirish va fiskal barqarorlik oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlaydi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati moliyaviy qarorlar qabul qilish hamda amalga oshirishda huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, javobgarlikni kuchaytirish hamda tadbirkorlarning ishtirok etish mexanizmlarini kengaytirishga qaratilgan tavsiyalarda namoyon boʻladi.
Kalit so'zlar
moliyaviy siyosat, tadbirkorlik, soliqqa tortish, budjet, kreditlash, protseduralar, shaffoflik
Iqtibos uchun
For citation: