HOKIMIYAT YOKI MANSAB VAKOLATI DOIRASIDAN CHETGA CHIQISH UCHUN JAVOBGARLIK BELGILOVCHI JINOYAT QONUNCHILIGI NORMALARINING RIVOJLANISHI TENDENSIYALARI

Sagdullayev Fatxulla Shukrullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish uchun javobgarlik belgilovchi jinoyat qonunchiligi normalarining rivojlanishi tendensiyalari tadqiq etilgan. Jinoyat qonunchiligining rivojlanishida 1926, 1959 va 1994 yilgi Jinoyat kodekslarida ushbu jinoyat uchun javobgarlik belgilangan normalar qiyosiy tahlil qilingan. Bunda tegishli davrda jinoyat qonunchiligini rivojlantirish shart-sharoitlarini to‘g‘ri baholashga harakat qilingan. Ilmiy ishning yakuni sifatida mamlakatimizda ushbu jinoyat uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonunchiligining rivojlanishi shartli ravishda beshta bosqichga ajratilgan hamda Jinoyat kodeksining 206-moddasida belgilangan normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, jinoyat qonunining rivojlanishi, xizmat vakolati, zo‘rlik, qurol ishlatish, jabrlanuvchini azoblaydigan harakatlar, shaxsning qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar, ko‘p miqdorda zarar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish, mansabdor shaxs, mas’ul mansabdor shaxs.
Iqtibos uchun
For citation: