SARAXSIY – ISLOM UYG‘ONISH DAVRINING YIRIK HUQUQSHUNOSI
Yunusov Haydarali Muratovich
yuridik fanlar nomzodi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YuNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlar” kafedrasi dotsenti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqola XI asrda yashab ijod qilgan Muhammad ibn Ahmad Abu Bakr Saraxsiy- ning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan. Unda Saraxsiyning huquqshunos sifatidagi xizmatlari bayon etilgan. Saraxsiy islom huquqining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shish bilan birga, islom olamida birinchi bo‘lib xalqaro huquq ta’limotiga asos solgan. Saraxsiy asarlarida norma ijodkorligi, huquqni tushunish metodologiyasi, huquqning ilmiy nazariy va amaliy masalalari batafsil yoritilgan. Shu bilan birgalikda, uning asarlarida huquqning asosiy tushunchalari va tamoyillari, deyarli barcha sohalari va mavzulari, kategoriyalari va institutlari o‘z aksini topgan. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston “Musulmon dunyosi- ning Gugo Grotsiysi” deb nom olgan zabardast olim Muhammad ibn Ahmad Saraxsiy asarlari tufayli xalqaro huquq tug‘ilgan vatandir. Saraxsiy arab olimi Muhammad Shaybonning “Xalqaro huquq kitobi”ga sharhlar yozish asnosida birinchi bo‘lib “siyar” – “xalqaro huquq”ni huquqning alohida va mustaqil sohasi sifatida ta’riflagan. Saraxsiy Islom Uyg‘onish davrining eng atoqli namoyandasidir. Saraxsiyning ilmiy merosini o‘rganishda u yashab o‘tgan davr xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Bu, o‘z navbatida, yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar
islom huquqi, ta’limot, yuridik tanlov, norma ijodkorligi, hanafiya mazhabi, xalqaro huquq, huquqiy ta’lim, Islom Uyg‘onish davri, aqliy mushohada.
Iqtibos uchun
For citation: