TRANSCHEGARAVIY TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK HUQUQI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA ZAMONAVIY MUAMMOLAR

Nosirov Sherzod Shermatovich

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada transchegaraviy to‘lovga qobiliyatsizlik huquqining shakllanishi, mazmuni va asosiy muammolari tahlil qilinadi. Globalizatsiya va xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayishi natijasida bankrotlik jarayonlarining bir nechta davlatlarni qamrab olishi tobora ko‘proq uchramoqda. Maqolada universalizm va territorializm nazariyalari, ularning afzallik va kamchiliklari, shuningdek, davlatlar o‘rtasida hamkorlik va muvofiqlashtirishning ahamiyati yoritilgan. Xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy standartlar va zamonaviy yondashuvlar alohida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari transchegaraviy to‘lovga qobiliyatsizlik huquqini takomillashtirish, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda amaliyotda samarali huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqishda ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar
transchegaraviy to‘lovga qobiliyatsizlik, xalqaro bankrotlik huquqi, universalizm, territorializm, kreditorlar tengligi, “forum shopping”, xalqaro hamkorlik, bankrotlik jarayonlari, UNCITRAL
Iqtibos uchun
For citation: