SАMАRАLI DАVLАT BOSHQАRUVI АSOSI SIFАTIDА DАVLАT FUQАROLIK XIZMАTCHILАRINING MА’NАVIY-АXLOQIY MАSАLАLАRI

Sayidumarov Oybek Tursunxo‘ja o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul xodimi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada so‘nggi yillarda davlat boshqaruvi, davlat fuqarolik xizmatchisi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tub islohotlar o‘rganilgan. Xususan, davlat xizmatchilarining maʼnaviy qiyofasini shakllantirish, ularning axloqiy va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha “Davlat mansabdor shaxslari o‘zini tutishining xalqaro kodeksi” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standarti kabi xalqaro hujjatlarning talablari muhokama qilingan. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar (АQSh, Bolgariya, Аrgentina, Moldova, Rossiya, Qozog‘iston) amaliyotini o‘rganish orqali davlat fuqarolik xizmati, davlat boshqaruv lavozimlariga salohiyatli davlat fuqarolik xizmatchilarini tanlash va tayinlash masalalari, ularning masʼuliyati, odob-axloq qoidalariga rioya etish ahamiyati tahlil etilgan. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun va “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari” bo‘yicha davlat xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati hamda xizmatdan tashqari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlari, shuningdek, xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari ko‘rib chiqilgan. Bunda muallif davlat fuqarolik xizmatchilarining yuksak kasbiy madaniyatini shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga qaratilgan qator masalalar yuzasidan o‘zining konseptual qarashlarini ilgari surgan.
Kalit so'zlar
davlat fuqarolik xizmati, odob-axloq qoidalari, davlat fuqarolik xizmatchisi, axloqiy qadriyatlar, korrupsiya, jamoatchilik nazorati.