INSONNI UNING A’ZOLARINI VA (YOKI) TO‘QIMALARINI TRANSPLANTATSIYA UCHUN OLISHGA ROZILIK BERISHGA MAJBURLASH JINOYATI TUSHUNCHASI HAMDA BELGILARI

Xaydarov Shuxratjon Djumayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori (DSc)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada insonni uning a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash jinoyati tushunchasi, jinoyatning o‘ziga xos belgilari hamda ushbu jinoyatga oid asosiy tushunchalar haqidagi masalalar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada insonni uning a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash jinoyati ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan jinoyatlardan biri ekanligi asoslab berilgan. Bundan tashqari, insonni uning a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash jinoyatining asosiy tushunchalari huquqshunos olimlar fikrlari asosida tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda, maqolada insonni uning a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlashning predmeti ham asoslangan. Shuningdek, transplantatsiya sohasini tartibga solish hamda ushbu sohadagi huquqqa xilof xatti-harakatlar uchun javobgarlik belgilash uchun huquqiy asoslarni yaratish maqsadida “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun, inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi bilan bog‘liq yangi qonun hamda moddalar tahlil qilingan. Maqolada insonni uning a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash jinoyati uchun javobgarlik nazarda tutilgan qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan ham taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat, bemor, inson, a’zolar, to‘qimalar, transplantatsiya, majburlash, rozilik berishga majburlash, ijtimoiy xavflilik darajasi, javobgarlik, tibbiyot xodimi, ijtimoiy xavfli qilmish, jinoiy javobgarlik, shikast yеtkazish, jazo.
Iqtibos uchun
For citation: