TOVAR BELGISIGA NISBATAN MANFAATDOR SHAXS TALABLARINING ILMIY VA AMALIY TAHLILI

Babakulov Zafar Kurbonnazarovich

yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti (DSc);

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1104-moddasiga muvofiq, manfaatdor shaxsning talabi bilan tovar belgisini foydalanilmaganligi sababli muddatidan oldin bekor qilish amaliyoti milliy va xorijiy davlatlar sudlari tomonidan qo‘llanib kelinmoqda. Xorijiy davlatlar qonunchiligi va sud amaliyoti tajribasi o‘rganilishi shuni ko‘rsatadiki, tovar belgisini muddatidan oldin manfaatdor shaxsning talabi bilan bekor qilish bo‘yicha milliy qonunchilik asoslari va sud amaliyoti bugungi kunda zamonaviy tovar belgilari munosabatlarini huquqiy tartibga solish borasidagi xalqaro qonunchilik qoidalari doirasida takomillashtirib borilmayapti. Xususan, O‘zbekiston tovar belgilari qonunchiligida tovar belgilarini muddatidan oldin bekor qilishni asoslantiruvchi aniq qoidalar mavjud emas. Masalan, bankrotlik holatida tovar belgisini muddatidan oldin manfaatdor shaxsning talabi bilan bekor qilish tartib-taomillari va uni amalga oshirish mexanizmi aks ettirilmagan. Mazkur holatlardan kelib chiqib, maqolada tovar belgisini muddatidan oldin bekor qilish bo‘­yicha Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya hamda O‘zbekiston qonunchiligi va sud amaliyoti o‘zaro qiyoslangan holda tahlil etildi. Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini undan foydalanilmagani munosabati bilan muddatidan oldin tugatish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish hamda sudlarda bu bo‘yicha nizoli ishlarni ko‘rishni takomillashtirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
tovar belgisi, manfaatdor shaxs, bankrotlik, tovar belgisi ustuvorligi, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Buyuk Britaniya, Parij konvensiyasi, “Krasnûy oktyabr”, “Astera”, “Zolotoy petushok”, “Petushok – zolotoy grebeshok”, “Zolotoy klyuchik”.
Iqtibos uchun
For citation: