XALQARO HUQUQDA UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINING HUQUQIY TABIATI: TASNIFLASH YONDASHUVLARI VA SUVERENITET MASALALARI

Sidikov Rustam

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada xalqaro havo huquqi doirasida uchuvchisiz uchish apparatlarini tasniflash va tartibga solishning huquqiy jihatlari o‘rganilgan. Shuningdek, 1944-yildagi Chikago konvensiyasi qoidalaridan tortib zamonaviy IKAO standartlari va tavsiyalarigacha bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlarining huquqiy maqomini belgilashga doir xalqaro huquqiy yondashuvlarning evolyutsiyasi tahlil qilingan. Maqolada, ayniqsa, uchuvchisiz uchish apparatlarini tasniflash muammolariga, shu jumladan, terminologik nomuvofiqliklar va vazn, maqsad hamda texnik xususiyatlarga asoslangan turli taksonomik yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, davlatning o‘z hududi doirasidagi havo bo‘shlig‘iga nisbatan suverenitetining asosiy masalalari chegaralararo uchuvchisiz uchish apparati operatsiyalari va suverenitetning vertikal chegaralari kontekstida ko‘rib chiqildi. Davlat va xususiy uchuvchisiz uchish apparatlari o‘rtasidagi huquqiy farq o‘rganilib, turli yurisdiksiyalarda ularni tasniflash mezonlari tahlil qilindi. Shu bilan birga, maqolada turli davlatlarning tartibga solish modellarini qiyosiy tahlil qilish asosida uchuvchisiz aviatsiyani xalqaro tartibga solishda uygʻunlashtirish va parchalanish tendensiyalari aniqlandi. Xulosada uchuvchisiz uchish apparatlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olishga va texnologik innovatsiyalar hamda aviatsiya xavfsizligi sohasidagi davlatlarning qonuniy manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashga qodir boʻlgan ixtisoslashtirilgan xalqaro huquqiy vositalarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Kalit so'zlar
uchuvchisiz uchish apparatlari, xalqaro havo huquqi, huquqiy tasniflash, havo bo‘shlig‘i suvereniteti, Chikago konvensiyasi, standartlar, chegaralararo operatsiyalar, milliy tartibga solish modellari
Iqtibos uchun
For citation: