KONSTITUTSIONALIZMNING PAYDO BO‘LISHI VA UNING RIVOJLANISH ASOSLARI
Amirov Sanjar Ilyos o‘g‘li
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada konstitutsionalizmning nazariyalari va tushunchalari, shuningdek, butun dunyodagi konstitutsiyaviy boshqaruvning xususiyatlari hamda amaliyoti ilmiy nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, jahon mamlakatlarining hozirgi demokratik erkinliklarga erishish bosqichigacha bo‘lgan tarixiy jarayonda konstitutsionalizmning tutgan o‘rni, uning davlat hokimiyatining tashkil etilishidagi tayanch tushuncha bo‘lgani tadqiq etiladi. Hozirgi globallashgan dunyoda davlat va huquqning tashkil etilishi masalalari nuqtayi nazaridan konstitutsionalizm har qanday rivojlangan mamlakatlarning poydevori va asosi ekanini tushunib olishimiz mumkin. Maqolada konstitutsionalizm insoniyatning tadrijiy rivojlanishida g‘oyatda katta rol o‘ynagani, hozirgi insonning asosiy huquq va erkinliklari paydo bo‘lishida uning tutgan o‘rni tayanch tushunchalar va antik davr faylasuflarining yondashuvlari asosida ochib berilgan. Bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan davlat va huquqning vujudga kelishidagi konstitutsionalizm an’analari va uning bu jarayonda asosiy tushuncha ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgi kunga qadar u orzu qilgan demokratik jamiyatga o‘tishda konstitutsionalizm va shunga o‘xshash nazariyalar nisbati solishtirilib, ilmiy jihatdan o‘rganib chiqilgan. Maqolada shaxs, davlat, jamiyat tushunchalari va ularning konstitutsiya hamda qonun oldidagi huquq va majburiyatlari negizida bu uchta subyektning eng ideal formasi – konstitutsionalizmning asosini tashkil etishi mavjud nazariyalar va metodlar orqali tahlil etiladi.
Kalit so'zlar
konstitutsionalizm, xalqaro hamjamiyat, tarixiy tajriba, aralash boshqaruv, ommaviy kelishuv.
Iqtibos uchun
For citation: