MASLAHAT VA KONSALTING XIZMATLARI –
NATIJAGA ASOSLANGAN XIZMATLAR(MI?)
Asadov Shahriddin Faxriddin oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi oʻqituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada turli sohalarda koʻrsatilayotgan maslahat va konsalting xizmatlari, ularni huquqiy tartibga solish masalalari, shuningdek, mazkur xizmatlarni koʻrsatish yuzasidan tuziladigan bitimlar va ulardan koʻzlangan maqsadlar haqida fikr yuritiladi. Bizga maʼlumki, fuqarolik huquqida ushbu huquq tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar doirasini belgilash jarayonida turli ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish bir-biridan farqlanadi. Shuningdek, ish va xizmatlarni bir-biridan ajratishga asoslangan tasnif asnosida haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi va pudrat shartnomasiga oid munosabatlar alohida (boshqa-boshqa) normalar bilan tartibga solinishi belgilanadi. Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasining bir turi sifatida baholanadigan maslahat va konsalting xizmatlari oxirgi yillardagi ilm-fan, raqamli texnologiyalar va internet tarmogʻining rivojlanishi natijasida tobora yangicha koʻrinish kasb etmoqda. Ushbu oʻzgarishlar natijasida konsalting xizmatini koʻrsatish asosida turli ashyoviy koʻrinishdagi ishlarni bajarish holatlari ham kuzatilmoqda. Mazkur maqolada bevosita qator sohalarda koʻrsatiladigan maslahat va konsalting xizmatlarining misolida ushbu xizmatlarning haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi doirasidagi natijaga aloqador boʻlmagan “xizmat koʻrsatish”ga oid munosabatlar ekanligi yoki bevosita koʻzlangan natijaga qaratilgan “ishlar bajarish” yuzasidan vujudga keladigan munosabatlar ekanligi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar
konsalting xizmatlari, konsalting xizmatlari natijasi, xizmatlar foydalanuvchilari, xizmat taraflari.