KONSTITUTSIYAVIY MADANIYAT – QONUNCHILIK HUJJATLARI IJROSINI SAMARALI TA’MINLASH GAROVI
Odilqoriyev Hojimurod To‘xtamurodovich
yuridik fanlar doktori, professor
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasida belgilangan islohotlarni amalga oshirishda Konstitutsiyaning roli, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini qat’iy va og‘ishmay qо‘llashda davlat boshqaruvi organlarida ijro intizomini mustahkamlashda konstitutsiyaviy madaniyatning ahamiyati, mazmun-mohiyati nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Yurtimizda ijobiy konstitutsiyaviy madaniyat shakllanganligi, bir tomondan, Konstitutsiya normalarini qо‘llovchi organlar, mansabdor shaxslar, ijtimoiy tuzilmalarning risoladagidek faoliyatida, ikkinchi tomondan, Konstitutsiya va qonunlarning muhofaza mexanizmlari, mutasaddi idoralar va shaxslarning ijrochilik intizomida namoyon bо‘ladi. Samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish jarayonida har bir xodim о‘z zimmasidagi vazifalarni vijdonan, sifatli va mas’uliyat bilan bajarishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois zamonaviy boshqaruv uslublarini amaliyotga joriy etish, nazoratni amalga oshirish shakllarini takomillashtirish va belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash borasida davlat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bо‘yicha qat’iy talablar va baholash mezonlari kuchaytirilmoqda. Konstitutsiyaga qat’iy rioya etgan holda, amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarimiz milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, barqarorlik muhiti va huquqiy tartibot, jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash uchun muhim poydevor bо‘ladi.
Kalit so'zlar
Konstitutsiya va qonun ustuvorligi, Konstitutsiyaning ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, konstitutsiyaviy madaniyat, qonunchilik hujjatlari, ijro intizomi, ijroni nazorat qilish tizimi, ijrochilik faoliyatini baholash mezonlari.
Iqtibos uchun
For citation: