HARBIY IJTIMOIY-HUQUQIY HIMOYA: TUSHUNCHASI VA MOHIYATI
Gaziyev Shaxrux Murodaliyevich
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Fuqaroviy huquqiy fanlar” kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Yurisprudensiya sohasining “Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi” ixtisosligiga muvofiq harbiy xizmatchilar ijtimoiy ta’minotning asosiy sub’ektlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ushbu maqolada Milliy gvardiya tizimida ijtimoiy himoya mavzusi dolzarb masalalardan biri ekanligi ilmiy asoslab berilgan, unda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy muhofazalashning zarurati va qonunchilik asoslari tadqiq qilingan. Maqolada harbiy xizmatchilarni ijtimoiy-huquqiy himoyalash tushunchasi va mohiyati ilmiy jihatdan o‘rganilib, Milliy gvardiya harbiy xizmatidagi ijtimoiy himoyalash ayrim chora-tadbirlari nazariy tahlil etilgan. Bunda ijtimoiy imtiyozlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berilgan. Harbiy xizmatchilarning farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish muammolari tadqiq etilgan. Maqolada olimlarning bildirgan fikrlari asosida ilmiy munozaraga kirishilgan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
Milliy gvardiya, harbiy xizmatchi, ijtimoiy himoya, pensiya, qonun.
Iqtibos uchun
For citation: