INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASIDA INSON HUQUQLARIGA OID AYRIM MASALALA
Suvanov Sardor Baxadirovich
Sirdaryo viloyat Guliston tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan normalar tahlil qilindi. Deklaratsiyada nazarda tutilgan fuqarolik va shaxsiy huquqlar, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar Konstitutsiyamiz asosida batafsil muhokama etildi. Xususan, shaxsiy huquqlardan yashash huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, qiynoq, shafqatsiz, insoniylikka zid keluvchi va shaxs qadr-qimmatini kamsituvchi muomala va jazo turlarining taqiqlanishi, turar joy daxlsizligi huquqi, fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi kabilar tahlil etildi. Shu bilan birga, maqolada inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda inson huquqlarini himoya qilishda mavjud bo‘lgan muammolar ham o‘rganilgan. Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida inson huquqlari sohasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, sohaga oid qonunlar ijrosi yuzasidan parlament va jamoatchilik nazoratini ta’minlash, inson huquqlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, inson huquqlarini ta’minlashga bevosita mas’ul bo‘lgan davlat organlari xodimlarining inson huquqlari bo‘yicha malakasini oshirish tizimini kengaytirish va ularni o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq takliflar ilgari surilmoqda.
Kalit so'zlar
inson huquqlari, shaxsiy huquqlar, yashash huquqi, shaxsiy hayot daxlsizligi, iqtisodiy huquq, ijtimoiy huquq, mehnat qilish huquqi.
Iqtibos uchun
For citation: