KASB YUZASIDAN OʻZ VAZIFALARINI LOZIM DARAJADA BAJARMASLIK JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISH VA OʻXSHASH JINOYATLARDAN FARQLASH MASALALARI

Xaydarov Shuxratjon Djumayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatini kvalifikatsiya qilish va oʻxshash jinoyatlardan farqlash masalalari bayon etilgan. Jumladan, maqolada JK 116-moddasi va 113-moddaning 5-qismida nazarda tutilgan qilmish, shuningdek, JK 116-moddasi va 117-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarning ilmiy jihatdan farqlari asoslantirib berilgan. Bundan tashqari, Rossiya, Armaniston, Qozogʻiston, Belarus davlatlarining jinoyat qonunlarida “Tibbiyot xodimlarining kasb majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi” moddasining oʻzida tibbiyot xodimlari tomonidan boshqa shaxsga OIV/OITSni yuqtirish ogʻirlashtiruvchi qism sifatida kiritilganligi qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada muallif kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatini kvalifikatsiya qilish va oʻxshash jinoyatlardan farqlash masalalari boʻyicha huquqshunos olimlar fikrlariga oʻz munosabatini bildirgan. Shu bilan bir qatorda, JK 207-moddasida mansabga sovuqqonlik bilan qarash uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan oʻz vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlish oqibatida ularni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikning JK 116-moddasi bilan farqli jihatlari ham asoslab berilgan. Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatini kvalifikatsiya qilishda tibbiyot muassasasi mansabdor shaxsi va tibbiyot xodimining harakatlaridagi zarur boʻlgan farqli belgilar ilmiy asoslantirilgan. Maqolada kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatini kvalifikatsiya qilish va oʻxshash jinoyatlardan farqlash masalalari boʻyicha javobgarlik nazarda tutilgan qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan ham taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat, javobgarlik, jazo, kvalifikatsiya, qilmish, kasb, vazifa, aybdor, xavf, harakatsizlik, shikast, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, shifokor, oqibat, sovuqqonlik, xizmat, qonun, tajovuz, beparvolik
Iqtibos uchun
For citation: