SUKUK: YANGI HUQUQIY INSTITUTGA TARIXIY NAZAR
Jumagʻulov Alisher Ernapasovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi dotsenti v.b.
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada islom kapital bozorining asosi boʻlgan sukukning paydo boʻlish tarixi koʻrib chiqildi. Ushbu atamaning tarixiy maʼnolari, jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida undan moliyaviy munosabatlarda foydalanish shakllari va u bilan bogʻliq huquqiy institutlarning evolyutsiyasi tadqiq qilindi. Tadqiqot mavzusi bir-birini toʻldiruvchi ikki yoʻnalishda yoritildi. Birinchidan, sukukning ilk shakllanish bosqichi tahlil etildi: uning qoʻllanishi, zarurati asoslanib, tegishli tarixiy davrda foydalanish shakllari tasvirlandi. Shuningdek, sukuk soʻzining lugʻaviy va terminologik maʼnolari mazmuni ochib berildi. Ikkinchidan, Usmonlilar imperiyasi davrida sukukning muomalada boʻlishiga eʼtibor qaratildi. Bu davrda dastlab toʻlov vositasi boʻlgan sukuk keyinchalik investitsion maqsadlarga xizmat qila boshlagan. Muallif hozirgi qonunchiligimizda mustahkamlangan infratuzilma obligatsiyalari oʻz mohiyatiga koʻra Usmonlilar imperiyasi davrida amalda boʻlgan sukukning tarixiy shakliga borib taqalishi haqidagi fikrlarini bayon etgan. Maqola yakunida nafaqat islomiy moliyaviy vositalar va qimmatli qogʻozlarning nazariy-huquqiy hamda tarixiy asoslarini teranlashtirishga, balki sukukning huquqiy hodisa sifatidagi tarixiy evolyutsiyasini yanada toʻliqroq tushunishga xizmat qiladigan xulosalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
investitsiya, chek, shartnoma, sukuk, obligatsiya, qimmatli qogʻoz, emissiya
Iqtibos uchun
For citation: