XALQARO TASHKILOTLARNING DIPLOMATIK HUQUQINING UMUMIY XALQARO HUQUQ TIZIMIDAGI OʻRNI: NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR
Raxmanov Shuxrat Naimovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqola xalqaro tashkilotlarning diplomatik huquqi va uning xalqaro huquq tizimidagi oʻrnini nazariy va metodologik jihatdan tahlil qiladi. Ushbu huquqiy institut xalqaro tashkilotlarning mustaqil subyekt sifatida shakllanishi, ularning diplomatik maqomi, daxlsizlik va imtiyozlari, shuningdek, xalqaro munosabatlardagi ahamiyati kabi jihatlarni oʼz ichiga oladi. Xalqaro tashkilotlar zamonaviy diplomatik huquq tizimining muhim subyektlaridan biri hisoblanadi. Ular nafaqat davlatlar manfaatlarini muvofiqlashtirish, balki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish va global muammolarni boshqarishda muhim rol oʻynaydi. Shu bilan birga, ularning diplomatik vakolatlari, huquqiy maqomi va xalqaro huquq meʼyorlari asosida erishgan imtiyozlari, xalqaro huquqni tartibga solishning alohida tarmogʻi sifatida shakllangan. Maqolada xalqaro tashkilotlarning diplomatik huquqi, xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi institut sifatida rivojlanishi, koʻp tomonlama diplomatiyaning oʻsishi va xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va boshqa xalqaro tuzilmalarning diplomatik huquq doirasidagi faoliyati, shuningdek, ularning xalqaro huquqiy meʼyorlarni shakllantirishdagi oʻrni yoritiladi. Maqolada global miqyosda yuzaga kelayotgan yangi chaqiriqlar, jumladan, xalqaro xavfsizlik, ekologik muammolar va iqtisodiy integratsiya jarayonlari, xalqaro tashkilotlarning diplomatik huquq tizimiga taʼsiri atroflicha koʻrib chiqiladi. Diplomatik va konsullik huquqining takomillashuvi, global boshqaruvdagi oʻrni va davlatlararo hamkorlik jarayonlariga taʼsiri tahlil etiladi. Maqola yakunida xalqaro huquqning evolyutsiyasi va kodifikatsiya jarayonlarida xalqaro tashkilotlarning tutgan oʻrni, ularning diplomatik huquq tizimiga qoʻshgan hissasi hamda kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar
xalqaro tashkilotlar, diplomatik huquq, xalqaro huquq, koʻp tomonlama diplomatiya, konsullik huquqi, xalqaro munosabatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, davlatlararo hamkorlik, globallashuv
Iqtibos uchun
For citation: