XALQARO MIGRATSIYA HUQUQI SHAKLLANISHINING NAZARIY-KONSEPTUAL JIHATLARI
Rasulov Jurabek Abdusamiyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada xalqaro ommaviy huquqning kichik tarmog‘i sifatida xalqaro migratsiya huquqining shakllanishi va rivojlanishi, migratsiya jarayonlarini xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari yuzasidan mumtoz va zamonaviy xalqaro huquqiy qarashlarning nazariy-konseptual jihatlari, ushbu huquq tarmog‘i doirasida amalga oshiriladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish predmetining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy o‘rganishning tahlil, umumlashtirish, qiyosiy-huquqiy, tarixiylik kabi usullari orqali ochib berilgan. Shuningdek, chegaralararo odamlarning erkin harakatlanish huquqini amalga oshirishda davlatning hududiy suvereniteti, huquqiy ustuvorligi masalasining o‘rni va ahamiyati, davlatlarning migratsiyani milliy darajada tartibga solish bo‘yicha vakolatlari borasida ichki huquq va xalqaro huquqiy normalarning o‘zaro hamohangligi va mutanosibligi, migratsiyaga oid huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida migrantning huquqiy maqomi tahlil qilingan. Migratsiya munosabatlarini xalqaro huquqiy darajada tartibga solish masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlarning jadallik bilan rivojlanayotganiga qaramasdan, hozirda xalqaro migratsiya huquqi alohida soha sifatida ishlab chiqish jarayonida ekanligi, shu bilan birga, davlatlar o‘rtasida migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalasi xalqaro huquqning dastlabki o‘rganish masalalaridan biri bo‘lganligi, shuningdek, migratsiya munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro huquqiy normalarning tarmoqlararo xususiyatga egaligi yuzasidan ilmiy xulosalar qilingan.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
migratsiya, xalqaro migratsiya huquqi, xalqaro huquq, hududiy suverenitet, migrant, doktrina.